Новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi G. Allanova tomonidan maktab kutubxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida kutubxonaning moddiy-texnik holati, kitob fondi, mavjud o‘quv va badiiy adabiyotlar, darsliklar hamda qo‘shimcha adabiyotlarning saqlanish holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, kutubxonada o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kitoblarni saqlash va ulardan foydalanish tartibi, o‘quvchilarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida o‘quvchilarni mutolaa qilishga keng jalb etish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, kutubxona fondini zamonaviy va badiiy adabiyotlar bilan boyitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


📖 Kitob — bilim manbai, kutubxona esa ma’rifat maskanidir!

Slide 1 of 3