Новости

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati E.Normurodov tuman hokimi o‘rinbosari E.Rasulov bilan birgalikda Uchquduq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda ularning ijrosi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish Nazorat-rejasiga muvofiq o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔹 O‘rganish davomida 2026–2028-yillar davomida amalga oshirilishi belgilangan “K-Tungsten” MChJ XK tomonidan volfram qazib olishni tashkil etish investitsiya loyihasining amalga oshirilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

🤝 O‘rganish jarayonida loyiha rahbariyati bilan suhbat o‘tkazilib, loyihani amalga oshirishdagi mavjud holat, erishilgan natijalar, kelgusidagi rejalar hamda rahbariyatning taklif va mulohazalari tinglandi.

👷‍♂️📈 Investitsiya loyihasi to‘liq amalga oshirilishi natijasida esa kelgusida 1000 nafardan ziyod yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

✅ Mazkur loyiha hududning sanoat salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda Uchquduq tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 5