Новости

#Tashkilot_bilan_hamkorlik #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Kunlik_ish_reja #Kotibiyat_mudiri_ish rejasi

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
 #Haftalik_ish_reja_ijrosi
#Kunlik_ish_reja
#Kotibiyat_mudiri_ish rejasi

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov tomonidan tuman adliya bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida adliya bo‘limi tomonidan aholiga huquqiy xizmatlar ko‘rsatish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, murojaatlar bilan ishlash hamda huquqiy targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish borasidagi faoliyatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida Adliya boshlig‘i F. Raxmonovning faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar tegishli ma’lumotlar tahlil qilindi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, qonuniylikni ta’minlash, aholiga huquqiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.

Slide 1 of 1