Новости

TUMAN TASHKILOTLARI BILAN DEPUTATLIK HAMKORLIGI YO‘LGA QO‘YILDI

Uchrashuv davomida tuman hududidagi melioratsiya tizimini yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi ishlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi. ️

Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida sohada amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Deputatlar va tuman tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi hududdagi muammolarni tezkor aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1