Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 13–17-APREL KUNLARI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

#Ish_reja_ijrosi

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHI TOMONIDAN 13–17-APREL KUNLARI ISH REJASINING BAJARILISHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT

Kengash faoliyati va ish reja ijrosiga oid

Deputat so‘rovlariga (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12723) o‘z vaqtida va qonunchilikda belgilangan tartibda javob berilishi holatlari hamda Kengash ish rejasining bajarilishi muhokama qilindi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12728) “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi” mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalasi joyiga chiqib o‘rganildi.

Shuningdek, 2026-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha tumanda mahalliy budjet daromadlarining bajarilishi, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash borasida amalga oshirilgan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda amalda tushumi, mavjud soliq qarzdorliklari yuzasidan tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i hisoboti eshitildi va muhokama qilindi.

Tumandagi nomsiz geografik obyektlarga nom berish masalasi yuzasidan tuman hokimligi axborot xizmati rahbari – davlat tili bo‘yicha maslahatchisi axboroti tinglandi.

Bundan tashqari, tumanda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarining ijrosi, kasalliklar profilaktikasi holati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va to‘g‘ri ovqatlanishni targ‘ib etish, shuningdek, sohaning asosiy ko‘rsatkichlari muhokama qilindi.

Tashkiliy tadbirlar

 Deputatlar tomonidan joylarda o‘rganish va nazorat tadbirlari ham olib borildi.

Hududda nogironligi (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12726?single) (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12726?single)bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va yengilliklarning amalda qo‘llanilishi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

 Yangiobod (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12736) mahallasida barpo etilayotgan piyodalar yo‘laklari qurilishi va ularning sifati o‘rganildi.

19-Ravot saylov (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12752) okrugidagi Sarbozor mahallasida joylashgan poliklinika faoliyati o‘rganildi.

“Ko‘lto‘sin” mahallasi (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati/12769) Ko‘lto‘sin qishlog‘i aholisi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar o‘rganib chiqildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1