Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
FARMON IJROSI – DEPUTAT NAZORATIDA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosiga asosan, Urganch shahridagi 8 mahallada 9 ta xonadonning Urganch shahar hokimligining “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish belgilangan. 

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati B.Allabergenov va mahalla raisi ishtirokida “Mash’al” mahallasidagi qurilish va ta’mirlash dasturiga tushgan 1 ta xonadonda yuqoridagi farmon ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xolatini o‘rgandilar.

O‘rganish jarayoniga ushbu xonadonlarga biriktirilgan pudrat tashkiloti rahbari ham jalb etildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad, Prezidentimizning Farmonlari orqali shahardagi 9 ta oilalarga ajratilgan mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash orqali xar bir xonadonning turmushini yaxshilash va farovon hayot kechirishlari uchun ularga amaliy yordam berishdan iborat. 

O‘rganish davomidagi aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha biriktirilgan pudrat tashkiloti rahbariga deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.