Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
#PayshanbaYoshlarKuni #AndijonYoshlarDay #ChimUstidaHokkey “PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA “VAZIR KUBOGI” SOVRINDORI BOʻLGAN TALABA-QIZLAR TANTANALI TAQDIRLANDI

#PayshanbaYoshlarKuni #AndijonYoshlarDay #ChimUstidaHokkey

“PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA “VAZIR KUBOGI” SOVRINDORI BOʻLGAN TALABA-QIZLAR TANTANALI TAQDIRLANDI

🏑Chim ustida xokkey “Vazir kubogi” musobaqasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan talaba qizlarimiz Talabalar turar joyida tantanali taqdirlandi.

🏆2026-yil 7-9 aprel kunlari Toshkent shahrida sportning chim ustida hokkey turi boʻyicha talabalar oʻrtasida Vazir kubogi musobaqasi hamda Oʻzbekiston ayollar oʻrtasida 2-tur oliy ligasidagi faol ishtiroki uchun Andijon davlat chet tillari institutining chim ustida hokkey terma jamoasi Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, chim ustida hokkey sporti bosh murabbiysi R.Axmadulin tomonidan tantanali taqdirlandi.

🔺Tadbir davomida sportchi talaba-qizlarimizning yuksak natijalari munosib rag‘batlantirilib, “Vazir kubogi” musobaqasida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoamizga 40 million so‘m pul mukofoti, shuningdek, Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan 10 million so‘m miqdorida qo‘shimcha pul mukofoti topshirildi.

🔻Shu bilan birga, jamoaning xalqaro maydondagi ishtirokini ta’minlash maqsadida chim ustida xokkey terma jamoamizga Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan nufuzli musobaqada qatnashish uchun maxsus yo‘llanma ham taqdim etildi.

✨Mazkur e’tirof sportchi talaba-qizlarning kelgusida yanada yuqori natijalarga erishishiga mustahkam motivatsiya bo‘lib xizmat qilishi, institut nufuzini respublika va xalqaro miqyosda yana-da yuksaltirishiga ishonch bildirildi.

Slide 1 of 7