Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
#jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya Andijon shahar Hunarmand MFYda amalga oshirilayotgan mahalla infratuzilmasini yaxshilashda deputatning roli va nazorati

#jamoatchilik_nazorati #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar #24_tavsiya

Andijon shahar Hunarmand MFYda amalga oshirilayotgan mahalla infratuzilmasini yaxshilashda deputatning roli va nazorati

Bugungi kunda joylarda aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda Andijon shahar Hunarmand mahalla fuqarolar yig‘inida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari izchil olib borilmoqda.

Mazkur jarayonlarda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 

20-Devonaboy saylov okrugi deputati B.Mo‘ydinov faol ishtirok etib, amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy nazoratga olgan. Xususan, mahalla hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari deputat tomonidan shaxsan o‘rganilib, ishlarning sifati, belgilangan me’yor va standartlarga mosligi alohida e’tibor markazida bo‘lib kelmoqda.

Nazorat jarayonida aniqlanayotgan kamchiliklar joyida bartaraf etilishi uchun mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq va asosli topshiriqlar berilmoqda. Shuningdek, ishlarni jadallashtirish, sifatini oshirish hamda aholiga noqulaylik tug‘dirmasdan amalga oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib borilmoqda.

Deputatning bunday faol yondashuvi mahallada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish bilan birga, aholining turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar va takliflar ham e’tibordan chetda qolmay, ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Hunarmand MFYda amalga oshirilayotgan ushbu ishlar hududni yanada obod va yashash uchun qulay maskanga aylantirishga xizmat qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, mahallalarda olib borilayotgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Slide 1 of 7