Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 19-Chashma saylov okrugidan saylangan deputat Xojiboyev Jalol Xotamboyevich tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining borishini o‘rganish
hamda ularning sifatini nazorat qilish maqsadida navbatdagi jamoatchilik nazorati tadbiri o‘tkazildi. Mazkur nazorat doirasida deputat o‘zi saylangan hudud “Xurriyat” mahallasida joylashgan 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, “Tashabbusli budjet” loyihasining 2025-yil 2-mavsumida g‘olib deb topilgan tashabbus zamonaviy faollar zalini qurish ishlari bilan yaqindan tanishdi. O‘rganish jarayonida qurilish ishlari bosqichma-bosqich ko‘zdan kechirilib, ularning sifati, texnik talablarga muvofiqligi hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan atroflicha tahlil olib borildi. Shuningdek, qurilish jarayonida ishtirok etayotgan
mas’ul mutasaddilar va pudratchi tashkilot vakillari bilan muloqot qilinib, ishlarning borishi, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.
Nazorat yakunida qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, sifat ko‘rsatkichlariga to‘liq javob beradigan darajada yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ushbu jarayon doimiy nazoratda bo‘lishi alohida ta’kidlandi. 

Slide 1 of 3