Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI. DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Xalq vakillari bo‘lgan deputatlar joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan muntazam ravishda yuzma-yuz muloqotlar olib borib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish hamda
ularni hal etishda faol tashabbus ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan “Istiqbol” MFY xotin-qizlar faoli N. Alimova bilan hamkorlikda hududdagi ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida, ayniqsa, ko‘p qavatli uylarning
texnik holati, ularni boshqarish bilan bog‘liq masalalar, kommunal xizmatlar sifati, tozalik va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi yuzasidan aholining fikr va takliflari
tinglandi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etishda boshqaruv kompaniyalari, “mahalla yettiligi” a’zolari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. Uchrashuv davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga so‘rovlar kiritish hamda ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Mazkur hamkorlik fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
  

Slide 1 of 6