Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

🏫 Zamonaviy maktab – yorqin kelajak poydevori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PQ-454-sonli “2025–2027-yillarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Sherobod tumani “G‘urjak 1” mahallasida joylashgan 5-son umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilindi.

✨ Bugungi kunda mazkur ta’lim muassasasida o‘quvchilar zamonaviy talablar asosida yangilangan, barcha qulayliklarga ega sharoitlarda tahsil olmoqda. Maktab binosi to‘liq ta’mirlanib, o‘quv xonalari zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay muhit yaratildi.

👩💼 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 17-G‘ambur saylov okrugidan saylangan deputat S. To‘rayeva “G‘urjak 1” mahallasiga tashrif buyurib, 5-son maktabda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

📌 Tashrif davomida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar alohida e’tirof etildi.

📚 Bu kabi keng ko‘lamli ishlar hududlarda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4