Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
AYOLLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHDA HUQUQIY YORDAM — HAYOTDAGI YANGI QADAM.

Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash — jamiyat taraqqiyotining muhim shartlaridan biridir.

📍 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili O.Ollayorov hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari F.Sadullayeva, M.Xudayberganova va Sh.Kurbansaidovalar ishtirokida muhim tadbir tashkil etildi.

“Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Xorazm viloyati hududiy markazi”da xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihasi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda bir qator mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirok etib, markazda istiqomat qilayotgan xotin-qizlarning muammolari atroflicha o‘rganildi va ularga amaliy yordam ko‘rsatildi.

✅ Davra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi:

Bandlikni ta’minlash;

Sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish;

Aliment undirish tartiblari;

Farzandlarni o‘z qaramog‘iga olish va vasiylik masalalari.

🔵 Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, ayni vaqtda markazda 17 nafar ayol va ularning 18 nafar farzandlari yashab kelmoqda.

🧠 Tadbir yakunida mutaxassis-psixologlar tomonidan xotin-qizlar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularga zaruriy psixologik va ma’naviy ko‘mak berildi.

✨ Bu kabi tashabbuslar xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni jamiyatga qayta moslashtirish va ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4