Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
Deputat axboroti

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “1-Degrez” okrugi deputati Begjanov Ulug‘bek O‘tkurovich tomonidan saylov okrugidagi fuqarolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuv davomida deputatning 2026-yil I chorakdagi faoliyati yuzasidan axborot muhokama qilinib, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuv avvalida deputat tomonidan joriy yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi. Axborotda qayd etilishicha, o‘tgan davr mobaynida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida yuborilgan barcha deputatlik so‘rovlariga tegishli javoblar olinib, ijrosi nazoratga olingan.

 📁 Shuningdek, yig‘ilishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 1-apreldagi III-27-28-14-202-K/26-sonli qarori ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur qarorga muvofiq, mahalla hududidan o‘tuvchi Degrez va Quvnoq ko‘chalarini asfaltlashtirish ishlari rejalashtirilgani ta’kidlandi. Fuqarolar ushbu masala yuzasidan aniqlik kiritishni so‘rashdi. Ushbu masala yuzasidan tuman Obodonlashtirish bo‘limi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari Azizjon Nurmuhamedov mazkur ishlar 10 kun muddat ichida amalga oshirilishini ma’lum qildi.

 🌿 Bundan tashqari, tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan mahalla hududiga mevali ko‘chatlar yetkazib berish hamda ayrim ko‘chalardagi daraxtlarni butash ishlari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilishi bildirildi.

 ✅ Yig‘ilishda tumannur korxonasi rahbari Kamoliddin Azimov ham ishtirok etdi. Fuqarolar tomonidan 106-maktab hududidagi yoritish tizimida mavjud muammolar ko‘tarildi va mazkur masala joyida hal etilib, ishchi guruhlar tomonidan amaliy choralar ko‘rildi. Shuningdek, mahalla hududidagi 4 qavatli uyda yoritish tizimi eskirgani yuzasidan murojaat bildirildi. Mas’ullar tomonidan ushbu muammo ham joriy hafta davomida bartaraf etilishi ma’lum qilindi.

 🧠 Uchrashuv yakunida ko‘tarilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar berildi. Yig‘ilishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilovlar ishtirok etdi.

Slide 1 of 6