Новости

Последние новости

янв.21
Kengash huzuridagi Ekspert guruhi tarkibi yangilandi:
янв.21
Muloqot va natija: Aholi murojaatlari — doimiy e’tiborda.
янв.21
Termiz tumanida yangi tibbiy ob’ekt: Aholi salomatligi yo‘lida muhim qadam
янв.21
Deputatlar va yoshlar: Hamkorlikning yangi bosqichi
янв.21
Termiz tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar: Ijro va natija tahlili
янв.21
Termiz tumanida yangi uy-joylar qurilishi: Xalqparvar komissiyasi nazoratida:
янв.21
"Yangi hayot"dagi o'zgarishlar: infrastruktura yangilanmoqda
янв.21
"Yangi hayot" mahallasida infratuzilma loyihalari o‘rganildi:
янв.21
Deputatlar “Qahramon” MFYda: bog‘cha va poliklinika faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar hududdagi yangi yo‘l sifatini ko‘zdan kechirdilar
Qaror ijrosi amalda: o‘rganish natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-330-sonli qaroriga muvofiq, Sirdaryo viloyatida eng og‘ir mahallalarda sug‘orish tarmoqlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalar amalga oshirilmoqda.

Mazkur qarordan kelib chiqib, Guliston shahri “Istiqlol” MFY hududida aholi tomorqa yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida quvur tarmog‘ini tortish hamda sug‘orish qudug‘i qurish loyihasi kiritilgan.

🔎 Ushbu loyiha ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishda Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi kotibiyati mudiri Voxid Xasanov hamda bosh mutaxassis Javlon Ashurboyev ishtirok etdi.

✅ O‘rganish davomida mazkur loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar haqiqatda yo‘lga qo‘yilgani, sug‘orish infratuzilmasi yaxshilanib, aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash tizimi sezilarli darajada yaxshilanayotgani aniqlandi.

🤝 Mazkur amaliy ishlar aholining daromad manbalarini kengaytirish, tomorqalardan samarali foydalanish hamda farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4