O‘rganish jarayonida quyidagi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔅Bolalar uchun yaratilgan o‘yin va dars xonalarining holati hamda sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi;
🔅Maktabgacha ta’lim dasturlarining joriy etilishi va zamonaviy metodikalarning qo‘llanilishi;
🔅Tarbiyalanuvchilarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan ishlar.
✔️Tashrif davomida deputatlar muassasaning moddiy-texnik bazasi, infratuzilmasi va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o‘rganish davomida mavjud muammolar, xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan taklif hamda tavsiyalar bildirildi.
🫥Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi, tegishli mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi hamda ushbu masalalar deputatlar nazoratiga olindi.