Mazkur o‘rganish jarayoni mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Unda yoshlarning ma’naviy kamoloti va ta’lim muassasalaridagi sharoitlar tahlil markazida bo‘ldi.
🔵Kengash raisi hamda deputatlar maktab kutubxonasidagi mavjud holat bilan yaqindan tanishdilar.
🔅O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
✔️Kutubxonaning badiiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasi;
✔️O‘quvchilarning kitobxonlikka jalb etilishi va mutolaa uchun yaratilgan qulayliklar;
✔️Kutubxona fondining saqlanish holati va zamonaviy talablarga muvofiqligi.
🫥Muloqot davomida maktab ma’muriyati va kutubxonachilarga yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish, kutubxonani yangi adabiyotlar bilan boyitib borish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
💬"Bilimli avlod — yurt kelajagi. Kutubxonalar esa yoshlarimizni ma’naviy boy, intellektual salohiyatli qilib tarbiyalovchi eng muhim maskandir. Har bir kitob o‘quvchi uchun yangi dunyoni ochib berishi kerak," — ta’kidladi Kengash raisi D.Normuradova.