Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun ishlab chiqilgan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishlarda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va muammolarini hal etish ustuvor vazifa etib belgilangan.
💬Tahlil jarayonida quyidagi jihatlarga e’tibor qaratildi:
✔️"Yoshlar daftari": Daftarga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan ko‘makning manzilliligi va samaradorligi;
✔️Bandlik: Ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb qilish borasidagi amaliy ishlar;
✔️Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish: Mahallada yoshlar o‘rtasida sport va madaniy tadbirlarning o‘tkazilish holati;
✔️"Besh tashabbus" olimpiadasi: Mazkur olimpiada doirasida yoshlarning qamrab olinishi va natijadorlik.
🫥O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisiga uyushmagan yoshlar bilan ishlash tizimini yanada kuchaytirish, ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va "mahalla yettiligi" bilan hamkorlikni jadallashtirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.