Kengash deputatlari tomonidan maktab kutubxonasi faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ning ta’lim va ma’naviyat qismini qamrab oldi.
🔅O‘rganish davomida:
✔️Kutubxonaning kitob fondi, ayniqsa badiiy adabiyotlar bilan boyitilganlik darajasi;
✔️O‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va kutubxonadan foydalanish ko‘rsatkichlari;
✔️Kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligi tahlil qilindi.
💬Kengash raisi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni kitob mutolaasiga yanada kengroq jalb etish bo‘yicha maktab ma’muriyatiga o‘z tavsiyalarini berdi.
Maktab kutubxonasi yoshlar uchun eng sevimli va gavjum maskan bo‘lib qolishi lozimligi ta’kidlandi.