❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashining 2026-yil 6-martdagi III-29-18-14-203-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan, ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun manzilli ro‘yxatga asosan, tumanda ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash ishlari boshlangan.
Mazkur manzilli ro‘yxatga asosan, Yashnobod tumani “Bunyodkor” mahallasi Mo'ynok ko‘chasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
🔍 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B. Xudoyarov ushbu hududga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda ularning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligini o‘rgandi.
🚧 Ta’kidlanganidek, mazkur ishlar aholiga qulaylik yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va harakat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.