Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘p kvartirali uylar holati deputat nazoratida
янв.21
Deputat nazorati: “Abdulla Avloniy” mahallasidagi bog‘cha faoliyati o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi manzil — 11-sonli maktab kutubxonasi
янв.21
Kitob — ma’naviyat ko‘zgusi: 9-sonli maktab kutubxonasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Inson qadri uchun: "Abdulla Avloniy" mahallasida ijtimoiy himoya masalalari doimiy diqqat markazida
янв.21
"Abdulla Avloniy" mahallasida tanqidiy tahlil: Mas’uliyat va natijadorlik — asosiy talab
янв.21
Yoshlar bilan ishlash tizimi nazoratda: "Abdurahmon Jomiy" mahallasida o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
"Xavfsiz mahalla" tamoyili: "Shifokor" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
"Ma’rifat" mahallasida i chorak sarhisobi: Ijtimoiy hamkorlik va amaliy natijalar tizimli tahlil qilindi
янв.21
"Jayhun" mahallasida infratuzilma va aholi turmush sharoiti nazorat qilindi
DEPUTAT FAOLIYATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Mamatmuratov A’zamat Karamatovich tashabbusi hamda tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro kelishilgan holda Oltinsoy tumanidagi “Jiyanbobo” mahallasi Mevazor ko‘chasining 850 metr qismida toshlash (shag‘allash) ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus mahalla aholisining kundalik harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlarini amalda hal etishga qaratilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida hududda transport va piyodalar harakati sezilarli darajada yaxshilandi.

Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha deputat tomonidan joylarda aholi bilan olib borilgan uchrashuvlar davomida bildirilgan taklif va ehtiyojlar asosida amalga oshirildi. 

Kelgusida ham hudud infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan bunday amaliy ishlar izchil davom ettirilishi rejalashtirilgan.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 3