#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Madad_NNT_bilan_hamkorlik
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunovning kunlik ish rejasiga muvofiq hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti Payariq tumani rahbari O‘. Egamberdiyev ishtirokida O'ymovut mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-sonli qaroriga muvofiq “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida barpo etilayotgan “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” loyihasining amalga oshirilish holati ko‘zdan kechirildi.
Qurilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan tahlil o‘tkazildi. Aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|