#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 6-Farovon saylov okrugidan saylangan deputati N.Ochilova tomonidan Go‘zal mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Mahallada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas’ul mutasaddilar bilan fikr almashildi.
O‘rganish jarayonida bajarilayotgan ishlar sifati alohida e’tiborga olinib, obodonlashtirish ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat bilan yakunlash, hududning sanitariya holatini yanada yaxshilash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini izchil davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|