#162_Qonun
#Deputatlar_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S. Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilov tomonidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–445-son, 2017-yil 11-sentabr) talablari asosida murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish, belgilangan muddatlarda javob berish hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Mazkur Qonun jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari hamda tashkilotlarga murojaat qilish huquqini kafolatlaydi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|