#Kengash_sessiyalariga_oid
“Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida ishlab chiqilgan “Mening bog‘im” loyihasi ovoz berish natijalari to‘g‘risida Kengash qarori tasdiqlandi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 25-maydagi VII-27-61-7-100-K/26-sonli qarori bilan tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq:
🔹O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-martdagi 156-son qaroriga muvofiq, Payariq tumani “Go‘zal” mahallasidagi 0,9 gektar yer maydonida “Mening bog‘im” loyihasi amalga oshiriladi.
🔹Mazkur loyiha “Tashabbusli budjet” jarayonida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan takliflar orasida “ovoz berish” yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topildi.
🔹Loyiha doirasida hududda zamonaviy “Yashil bog‘” barpo etilib, aholi uchun ekologik jihatdan qulay, obodon va ko‘rkam maskan yaratiladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|