Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolmuratova tomonidan Amir Temur mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.
Jumladan, 1927-yilda tug‘ilgan Murodova Muyassar ona nogironlar aravachasi ajratishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan edi.
Mazkur murojaat tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi hamda Muyassar onaga nogironlar aravachasi yetkazib berildi.
Fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish, ayniqsa, yoshi ulug‘ va ko‘makka muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash xalq vakillarining doimiy e’tiboridagi ustuvor masalalardan biridir.
Yurtimizda inson qadri ulug‘lanib, har bir murojaat ortida turgan taqdir va ehtiyojga befarq bo‘lmaslik tamoyili asosida ishlar izchil davom ettirilmoqda.