#24_ta_masala
#biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M.Nurmanova, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Israilova hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida hududda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish holati tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|