#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
#deputat_daftari
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 8-O‘rtato‘sin saylov okrugidan saylangan deputati B.Shakarov tomonidan G‘allakor mahallasida mahalla profilaktika inspektori faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda aholi xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalla fuqarolari tomonidan bildirilgan murojaatlar o‘rganilib, mavjud muammolarni qonunchilik doirasida hal etish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan mahalla profilaktika inspektoriga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|