#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi S.Maxkamov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq fuqarolar murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va ijrosini ta’minlash holati, murojaatlar bilan ishlashda ochiqlik va qonuniylik tamoyillariga rioya etilishi tahlil qilindi.
Murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaviy xavflarning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|