#Doimiy_komissiya_faoliyati
#19_1_modda
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Shakarov tomonidan Nakurt dehqon bozorida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida bozorda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasi, mahsulotlarning sifati va narx-navosining barqarorligi, shuningdek, aholiga sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahsulotlar savdosini tartibli tashkil etish, sanitariya talablariga rioya etish hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|