#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunovning kunlik ish rejasiga asosan Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A.Maxammatov bilan birgalikda Qirqovul mahallasida joylashgan tibbiyot muassasasida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–393-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi.
Mazkur dastur asosida Payariq tumani “Qirqovul” oilaviy shifokorlik punktini mukammal ta’mirlash (1-tip OP) loyihasi amalga oshirilmoqda. O‘rganish jarayonida rekonstruksiya ishlari sifati, qurilishning borishi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|