#Doimiy_komissiya_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasi Pastg‘ovul qishlog‘ida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar o‘rganildi.
O‘rganishda tuman elektr tarmoqlari korxonasining mas’ul xodimi ham ishtirok etdi. Hududdagi mavjud holat joyiga chiqib ko‘zdan kechirilib, aholi murojaatlari tinglandi.
O‘rganish natijasida elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida yangi simyog‘ochlar o‘rnatish hamda SIP kabel tortish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab olindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|