#Deputat_sorovi
Xalq deputatalari Payariq tumani Kengashi deputati tomonidan "Payariq tumani hokimi o'rinbosari U.Quvatovga deputatlik so'rovi yuborildi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Kazakova Muxabbat Kaxarovnaning deputatlik so‘roviga asosan, 102-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududiga kirish qismida joylashgan 27-sonli “Qaldirg‘och” davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga olib boruvchi 200 m uzunlikdagi ichki yo‘lning holati qoniqarsizligi bo‘yicha amaliy yordam so‘raldi.
Mazkur yo‘l qoplamasi talab darajasida emasligi sababli, hudud aholisi, xususan ota-onalar tomonidan yo‘lni asfalt qoplamasi bilan ta’minlash bo‘yicha amaliy yordam so‘ralgan.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|