#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida mavjud muammolarni o‘rganish maqsadida 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldi.
O‘rganish davomida tashkilot hududidagi elektr uzatish tarmoqlari holati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, transformator atrofidagi elektr simlarining daraxt shoxlariga yaqinlashib qolganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan xavfsizlik choralarini ko‘rish hamda aniqlangan muammoni bartaraf etish maqsadida tegishli elektr ta’minoti tashkilotiga deputatlik so‘rovi kiritilishi bildirildi.
Deputat tomonidan hududlarda aholi va ijtimoiy obyektlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni yaratish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|