🏛 Deputat hududdagi islohotlar ijrosi bilan tanishdi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati J. Ahmedov “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi S. Bog‘bekovning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Deputat mahallada davlat dasturlari va Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan islohotlarning ijrosi, aholi bilan ishlash tizimi hamda fuqarolarning murojaatlariga yechim topish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy faoliyat yuzasidan fikr almashib, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab oldi.
Instagram | Face book | You Tube