Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi raisi Xushnudbek Sultonov tuman Sport maktabida bo‘lib, sport inshootlari, mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda inventarlar holatini o‘rgandi.
Bugungi kunda maktabda 797 nafar o‘quvchi 26 nafar murabbiy rahbarligida 14 ta yo‘nalish bo‘yicha shug‘ullanmoqda. Shuningdek, iqtidorli sportchilar viloyat va O‘zbekiston terma jamoalari safida munosib ishtirok etmoqda.
O‘rganish davomida boks va gimnastika yo‘nalishlari uchun alohida mashg‘ulot zallariga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Mazkur masalani hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga takliflar kiritish va zarur choralarni ko‘rish belgilandi.