Mazkur musobaqada Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputatlari N.Xaydarova va S.Valiyevalar ishtirok etib, xotin-qizlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi sog‘lom hayot kechirishda muhim omillardan biri ekanini ta’kidladi.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar sportning voleybol turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Har bir jamoa bellashuvlarda faol qatnashib, jamoaviy hamjihatligini namoyon etdi. Sport tadbiri ko‘tarinki ruhda, do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida o‘tkazildi.
Bunday Musobaqalarni muntazam tashkil etilishi xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda mahallalarda ahillik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.