🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati U. Ro‘ziyev Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuman bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda Ko‘liyon mahallasi hududida targ‘ibot tadbirlarini olib bordi.
🔹Tadbir davomida xonadonlarga kirilib, fuqarolarga is gazidan zaharlanishning oldini olish, gaz va isitish moslamalaridan xavfsiz foydalanish, mo‘rilarni tozalash hamda shamollatish tizimlarining sozligiga e’tibor qaratish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
🔹Shuningdek, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
🔹Deputat U. Ro‘ziyev aholi xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar o‘rtasida ogohlikni kuchaytirish va profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish muhimligini ta’kidladi.
🔹Xavfsizlik — har bir xonadondan boshlanadi! Aholi hayoti va salomatligini asrashga qaratilgan targ‘ibot ishlari davom ettiriladi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt