🔰#munosabat
💦💦Suv tejovchi texnologiyalar — qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti garovi
🏦Kosmik ma’lumotlar asosida Qashqadaryoda foydalanishga kiritish mumkin bo‘lgan yana 30 ming gektar yerning aniqlangani qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
🏦Ayniqsa, kanallarni betonlashtirish, nasoslarni yangilash va 75 ming gektarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalari suv resurslaridan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda fermerlar xarajatlarini kamaytirishga xizmat qiladi.
🏦Deputat sifatida ta’kidlamoqchimanki, har bir tomchi suv — bebaho ne’mat, har bir qarich yer esa katta imkoniyatdir. Eng muhimi, belgilangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilib, natijalar fermerlar hamda aholi farovonligida aks etishi lozim.
G‘ani Hamroyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt