Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Botirov hamda 4-Xonbandi saylov okrugidan saylangan deputat G.Karimova tomonidan Xonbandi mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolar daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.