Новости

Последние новости

янв.21
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida
янв.21
🔥Is gazidan zaharlanishning oldini olish — deputatlik nazoratida
янв.21
🤑Mintaqaviy hamkorlik — iqtisodiy taraqqiyot omili
янв.21
💦💦Suv tejovchi texnologiyalar — qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti garovi
янв.21
🔰Sessiya muhokamasiga kiritiladigan masala deputatlik nazoratida
янв.21
🔰Kamchiliklarni bartaraf etish — deputatlik nazoratida
янв.21
🔰Yoshlar tashabbuslari va takliflari — e’tiborda
янв.21
🔰Deputatlik nazorati: fuqarolar murojaatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
🌱🌱🌱 “Yashil makon” — obod mahalla va farovon hayot garovi
янв.21
📚Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi — deputatlar e’tiborida
🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida

🔰Kiberxavfsizlik va mahalladagi barqaror muhit — deputat e’tiborida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati U. Ro‘ziyev tuman Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Ko‘liyon mahallasida aholi o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va kiberxavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini olib bordi.
➡️Xonadonma-xonadon tashkil etilgan muloqotlar davomida fuqarolarga internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyor bo‘lish, firibgarlik holatlaridan saqlanish, shaxsiy ma’lumotlar hamda bank kartasi ma’lumotlarini begonalarga oshkor qilmaslik yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, aholiga mavzuga oid bukletlar tarqatilib, “APК Qo‘riqchi” ilovasini o‘rnatish va undan foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
➡️Ushbu tadbirlar orqali aholining huquqiy va raqamli savodxonligini oshirish, turli huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahallada tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash maqsad qilindi.
➡️Deputat U. Ro‘ziyev bu boradagi profilaktik ishlarni izchil davom ettirish, fuqarolar bilan bevosita muloqotni kuchaytirish va aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslarni deputatlik nazoratida tutishga alohida e’tibor qaratadi.
➡️Ogohlik — xavfsizlik garovi!

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt

Slide 1 of 4