Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi tomonidan joriy haftada hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini joyida o‘rganish hamda qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilishga qaratilgan tizimli ishlar davom ettiriladi.
✅️ Deputatlar tomonidan joylarga chiqqan holda 24 ta eng muhim yo‘nalish bo‘yicha o‘rganishlar olib boriladi. Jumladan:
— mahallalardagi yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, ijtimoiy xodimlar va hokim yordamchilari faoliyati;
— aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati hamda bepul dori vositalari bilan ta’minlanish holati;
— sport inshootlari, maktablar va mahallalardagi sport jihozlari holati;
— ichki yo‘llar, ko‘chalarni yoritish, ichimlik suvi, elektr, gaz va chiqindi bilan bog‘liq muammolar;
— bozorlardagi narx-navolar, jamoat transporti, bandlik, jinoyatchilik, madaniyat muassasalari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifati kabi masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganiladi.
🏘 Shuningdek, deputatlar tomonidan sessiyaga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan ham hududlarda dastlabki o‘rganishlar olib borilib, tegishli tashkilotlardan ma’lumot va tahliliy axborotlar olinmoqda.
📑 Joriy haftada doimiy komissiyalar yig‘ilishlari hamda navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ishlari davom ettiriladi. Sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan asosiy masalalar:
🔹 tumandagi ekologik holat, “Yashil makon” loyihasi, ko‘kalamzorlashtirish va suv resurslari bilan bog‘liq ishlar;
🔹 “Xavfsiz va ravon yo‘l” dasturi doirasida yo‘l harakati xavfsizligi holati;
🔹 mahallalar va ijtimoiy muassasalarda ichimlik suvi hamda elektr energiyasi ta’minoti;
🔹 elektr tarmoqlari korxonasida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
🔹 xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
🔹 Ishtixon tumanini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi;
🔹 qonunchilik hujjatlari va hududlarni rivojlantirish dasturlarining ijrosi holati.
✉️ Mazkur masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga xatlar yuborilib, sessiya va doimiy komissiyalar muhokamasida ko‘rib chiqish uchun zarur ma’lumotlar hamda tahliliy materiallar taqdim etilishi so‘raldi.
🤝 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi tomonidan hududdagi dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va aholi manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)