Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati E.Abdusalomov o‘z saylov okrugi hududidagi “Zartepa” MFYda Kengash kotibiyati mudiri N.Kiyamov bilan birgalikda mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlanishicha, yoshlar yetakchisi Fayzullayev Sunnatilla Abdulla o‘g‘li tomonidan joriy yilning 1-choragi davomida bir qator muhim ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, 12 nafar ishsiz yosh aniqlanib, ularning 8 nafari bandligi ta’minlangan. Jumladan, 3 nafar yosh o‘zini o‘zi band qilgan, 2 nafari tartibli mehnat migratsiyasiga yuborilgan, 3 nafari esa rasmiy ishga joylashtirilgan. Shuningdek, 1 nafar yoshning oliy ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovining yarmi qoplab berilgan.
Bundan tashqari, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport, madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Yuqoridagi natijalarni inobatga olgan holda, yoshlar yetakchisining faoliyati qoniqarli deb baholandi. Bu kabi tizimli ishlar yoshlar bandligini ta’minlash va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)