Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 20-fevraldagi VII-19-24-7-95-K/26-son qarori bilan “Beshkapa” mahallasida yashash sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish hamda aholini tadbirkorlikka jalb etish maqsadida 3 mlrd so‘mlik manzilli loyiha tasdiqlandi.
🏛 Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish, aholi daromadini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan tasdiqlangan.
🛠 Qarorga ko‘ra “Beshkapa” mahallasida:
💧 Aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash uchun:
🔹 2 km ariqlar betonlashtiriladi.
⚡️ Mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida:
🔹 2 km piyodalar yo‘lagi quriladi;
🔹 2 dona transformator punkti o‘rnatiladi;
🔹 5 km elektr tarmog‘i tortiladi;
🔹 222 dona tayanch ustunlar o‘rnatiladi;
🔹 5 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi.
🚶♂️ Qo‘shimcha ravishda:
🔹 3 km piyodalar yo‘lagi quriladi;
🔹 1 dona transformator punkti o‘rnatiladi;
🔹 40 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi;
🔹 1 km elektr tarmog‘i tortiladi;
🔹 133 dona tayanch ustunlar o‘rnatiladi.
✅ Ushbu ishlar natijasida 380 ga yaqin xonadon va 55 gektar tomorqa suv bilan ta’minlanadi. Shuningdek, eskirgan elektr tarmoqlari yangilanib, avariyalar va elektr yo‘qotishlari sezilarli darajada kamayadi.
🤝 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan bunday qarorlar mahallalardagi muammolarni hal etish, aholining turmush sharoitini yaxshilash va hududlarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)