Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 20-fevraldagi VII-19-24-7-95-K/26-son qarori bilan “Safoxo‘ja” mahallasida aholi turmush sharoitini yaxshilash va tadbirkorlik uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi.
🛠 Qarorga ko‘ra mahallada:
💧 Aholi tomorqalariga suv chiqarish maqsadida:
🔹 2 ta sug‘orish qudug‘i qaziladi;
🔹 1 dona nasos o‘rnatiladi;
🔹 40 kVt quvvatli quyosh paneli o‘rnatiladi;
🔹 3 km ariqlar betonlashtiriladi.
⚡️ Mahalla infratuzilmasini yaxshilash uchun:
🔹 1,3 km elektr tarmog‘i tortiladi.
🚶♂️ Mahallada qo‘shimcha ravishda:
🔹 2 km piyodalar yo‘lagi quriladi;
🔹 4 dona transformator punkti o‘rnatiladi;
🔹 23 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi;
🔹 118 dona tayanch ustunlar o‘rnatiladi;
🔹 1,5 km elektr tarmog‘i tortiladi.
✅ Ushbu ishlar Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha natijasida “Safaxo‘ja” mahallasida yashash sharoitlari yaxshilanib, infratuzilma yanada rivojlanadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)