Новости

Последние новости

янв.21
#Ish_reja ✨ Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi
янв.21
#Ish_reja_ijrosi 👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi ish rejasining 15 kunlik ijrosi haqida
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Barlos mahallasida To‘sinsoyga suv to‘suvchi inshoot va kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Sohibkor mahallasidagi Tusinsoy soyida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Gulobod mahallasida yangi bog‘cha qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Ishtixon markazidagi eski uylarni renovatsiya qilish va kanalizatsiya tizimi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Zartepa” mahallasida yirik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#24_ta_masala ✅Zartepa MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Beshkapa” mahallasida 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya 🤩 Ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalasi Kengash nazoratida
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov: “Men ham deputat bo‘laman” — yoshlar bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov: “Men ham deputat bo‘laman” — yoshlar bilan ochiq muloqot

Navoiy shahrida yoshlar bilan ishlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan uchrashuvlar izchil davom etmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati M. Kalonov ishtirokida tashkil etildi.

Uchrashuv “Men ham deputat bo‘laman” shiori ostida o‘tkazilib, unda yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni, deputatlik faoliyatining ahamiyati hamda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

M. Kalonov o‘z so‘zida deputatlik — bu nafaqat mas’uliyat, balki xalq ishonchi va manfaatlarini himoya qilishdek yuksak burch ekanini ta’kidladi. U yoshlarni faol bo‘lishga, o‘z fikrini erkin bildirishga va jamiyatdagi islohotlarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.

— Yoshlar — yurt kelajagi. Agar siz bugundan boshlab jamiyat hayotiga daxldor bo‘lishni istasangiz, ertangi kunda albatta katta natijalarga erishasiz. “Men ham deputat bo‘laman” degan ishonch har biringizda bo‘lishi kerak, — dedi deputat.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, deputatlikka nomzod bo‘lish tartibi, saylov jarayonlari va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Shuningdek, muloqot interaktiv tarzda o‘tib, yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Ayniqsa, ta’lim, bandlik va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday uchrashuvlar ularni yanada faollikka undashini, o‘z kelajagi uchun mas’uliyatni his qilishlariga turtki bo‘lishini ta’kidladilar.

Bunday ochiq muloqotlar yoshlarning siyosiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, faol va tashabbuskor yoshlar — mamlakat taraqqiyotining mustahkam poydevoridir.

Slide 1 of 6