Новости

Последние новости

янв.21
#Ish_reja ✨ Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi
янв.21
#Ish_reja_ijrosi 👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi ish rejasining 15 kunlik ijrosi haqida
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Barlos mahallasida To‘sinsoyga suv to‘suvchi inshoot va kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Sohibkor mahallasidagi Tusinsoy soyida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Gulobod mahallasida yangi bog‘cha qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Ishtixon markazidagi eski uylarni renovatsiya qilish va kanalizatsiya tizimi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Zartepa” mahallasida yirik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#24_ta_masala ✅Zartepa MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Beshkapa” mahallasida 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya 🤩 Ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalasi Kengash nazoratida
🌳 “Yashil makon” – kelajak uchun yashil qadam!

🌳 “Yashil makon” – kelajak uchun yashil qadam!

Yakkasaroy tumanidagi “To‘qimachi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi doirasida daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Yakkasaroy tumani Kengashi 14-Mutafakkir saylov okrugi deputati Xasanova Bibisara, mahalla raisi hamda faol fuqarolar ishtirok etdilar.

🌱 Aksiya davomida mahalla hududiga o‘rik, olma, nok kabi 30 dan ziyod mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, O‘zbekistonda ekologik ta’limini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ilgari surilgan tashabbus bo‘yicha mahalla yoshlari daraxt ekishga jalb qilindi.

Bu kabi tashabbuslar nafaqat hududni obodonlashtirish, balki ekologik muhitni yaxshilash va kelajak avlod uchun sog‘lom muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

📌 Yashil makon – barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!

Slide 1 of 1