Новости

Последние новости

янв.21
#Ish_reja ✨ Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi
янв.21
#Ish_reja_ijrosi 👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi ish rejasining 15 kunlik ijrosi haqida
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Barlos mahallasida To‘sinsoyga suv to‘suvchi inshoot va kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Sohibkor mahallasidagi Tusinsoy soyida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Gulobod mahallasida yangi bog‘cha qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Ishtixon markazidagi eski uylarni renovatsiya qilish va kanalizatsiya tizimi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Zartepa” mahallasida yirik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#24_ta_masala ✅Zartepa MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Beshkapa” mahallasida 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya 🤩 Ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalasi Kengash nazoratida
Deputatlar mahalladagi yoshlar bilan ishlash faoliyatini o‘rgandilar:

Deputatlar mahalladagi yoshlar bilan ishlash faoliyatini o‘rgandilar:

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz tuman Kengashi deputatlari Mustaqillik mahallasida bo‘lib, hududda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida deputatlar yoshlar yetakchisining faoliyati, yoshlarning bandligini ta’minlash, ta’lim va madaniyat sohalaridagi ishtiroki, shuningdek, “Yoshlar daftari”, “Besh tashabbus olimpiadasi” hamda “Mega loyihalar” doirasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishdilar.

Aholi va yoshlar tarkibi

Mustaqillik mahallasida 3 282 nafar aholi istiqomat qiladi. Shundan 1 671 nafari yoshlar, 14–30 yosh oralig‘ida 905 nafar, ularning 430 nafari xotin-qizlardir.

Yoshlar bandligini ta’minlash:

Yil boshida 8 nafar ishsiz yosh aniqlanib, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy chora ko‘rilgan.

Natijada:

• 3 nafar yosh doimiy ishga joylashtirilgan;

• 4 nafar yosh o‘zini o‘zi band qilgan;

• 1 nafar yosh xorijda mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

Bitiruvchilar bandligi

2024–2025 o‘quv yili bitiruvchilari soni 30 nafarni tashkil etadi.

Shundan 7 nafari OTMga o‘qishga kirgan, 1 nafari tadbirkorlik uchun kredit olgan, 1 nafari xorijda ishlamoqda, 3 nafari kasb-hunarga o‘qimoqda, shuningdek, 1 oliy ta’lim bitiruvchisi magistraturada tahsil olmoqda.

Migratsiyadagi yoshlar:

Mahallada 29 nafar yosh tashqi migratsiyada.

Shundan 5 nafari ta’limda band, 24 nafari mehnat faoliyati bilan (1 nafari Polshada, 2 nafari Germaniyada, 26 nafari Rossiyada) shug‘ullanmoqda.

Ular bilan muntazam ravishda onlayn uchrashuvlar o‘tkazilib, taklif va muammolari o‘rganilmoqda.

“Besh tashabbus olimpiadasi” orqali yoshlar faolligi

Mahallada 762 nafar yosh “Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalariga jalb etilgan.

Yoshlar jamoasi “Para stol tennisi”, “Yengil atletika” va “Mini futbol” musobaqalarida tuman bosqichida 1-o‘rin, viloyat bosqichida 2-o‘rinni egallagan.

Hududda 1 ta maktab va 1 ta workout maydonchasi mavjud bo‘lib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun keng imkoniyat yaratilgan.

Yoshlarning “Mega loyihalar”dagi ishtiroki

Mahalladagi 336 nafar yosh “Mega loyihalar”ga jalb etilgan:

• “Mutolaa” – 108 nafar yosh, 1 000 dan ortiq kitob o‘qigan;

• “Ibrat Academy” – 138 nafar yosh, 2 nafari sertifikat olgan;

• “Ustoz AI” – 33 nafar yosh, 2 nafari sertifikat olgan;

• “UzChess” – 26 nafar yosh;

• “Qizlar akademiyasi” – 32 nafar xotin-qiz, 2 nafari sertifikat olgan.

Yil yakuniga qadar qo‘shimcha 120 nafar yoshni “Mutolaa” va “Ibrat Academy” loyihalariga jalb etish rejalashtirilgan.

Xulosa

Deputatlar o‘rganish jarayonida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab, mahallada yoshlar bandligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ijtimoiy faolligini kuchaytirish borasidagi tashabbuslarni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladilar. 

Slide 1 of 3