Новости

Последние новости

янв.21
#Ish_reja ✨ Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi
янв.21
#Ish_reja_ijrosi 👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi ish rejasining 15 kunlik ijrosi haqida
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Barlos mahallasida To‘sinsoyga suv to‘suvchi inshoot va kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Sohibkor mahallasidagi Tusinsoy soyida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Gulobod mahallasida yangi bog‘cha qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Ishtixon markazidagi eski uylarni renovatsiya qilish va kanalizatsiya tizimi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Zartepa” mahallasida yirik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#24_ta_masala ✅Zartepa MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Beshkapa” mahallasida 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya 🤩 Ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalasi Kengash nazoratida
Termiz tuman sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va 2025 yil natijalari haqida deputatlar tomonidan o‘rganishlar olib borildi:

Termiz tuman sport maktabida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va 2025 yil natijalari haqida deputatlar tomonidan o‘rganishlar olib borildi:

Termiz tuman Kengashi deputati R. Shamanov va kotibiyat bosh mutaxassisi T. Murodov tomonidan mahallalarda aholi va bolalar uchun yaratilgan sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda ulardagi sport anjomlari holati o‘rganildi. O‘rganish natijasida hududlarda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha zarur maydonchalar va jihozlar mavjudligi, ularning holati hamda sport maktabining 2025 yilgi natijatali bilan tanishdi.

Termiz tuman sport maktabida yoshlar uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lib, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi.

Sport maktabida futbol, boks, dzyudo, kurash kabi ommabop yo‘nalishlar bilan birga yana bir nechta sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar muntazam tashkil etilgan. Har bir sport turi uchun zarur bo‘lgan anjomlar to‘liq ta’minlangan bilan tanishdi:

Termiz tuman sport maktabi 2025 yilda murabbiylari, o‘quvchilari va ularning natijalari haqida:

Sport maktabida 40 nafar malakali murabbiy, 18 ta sport turi bo‘yicha 1123 nafar o‘quvchi (shundan 295 nafari qizlar) shug‘ullanadi. Mashg‘ulotlar asosiy baza hamda umumta’lim maktablari sport zallarida olib boriladi. Jami 106 ta guruh faoliyat yuritib, yil davomida FACE ID tizimi 90% ko‘rsatkichni qayd etdi.

2025 yil natijalari:

Tuman musobaqalari: 524 medal

Viloyat musobaqalari: 224 medal

Respublika chempionatlari: 60 medal

Respublika kubogi: 14 medal

Osiyo chempionati: 6 medal

Xalqaro turnirlar: 4 medal

Jami: 832 ta medal

Osiyo chempionati, Ostona (3–8 noyabr 2025):

Abdiev Turg‘un — 2-o‘rin

Ergasheva Feruza — 2-o‘rin

Safarkulov Kosim — 3-o‘rin

Sport maktabida yaratilgan bunday imkoniyatlar natijasida ko‘plab yoshlar o‘z iqtidorini rivojlantirib, turli musobaqalarda yuqori natijalar qayd etmoqda. Sport maktabidan tuman, viloyat va respublika musobaqalarida chempionlar yetishib chiqqani — bu yerda olib borilayotgan faoliyat samaradorligini namoyon etadi. 

Slide 1 of 14