Новости

Последние новости

янв.21
#Ish_reja ✨ Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi
янв.21
#Ish_reja_ijrosi 👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi ish rejasining 15 kunlik ijrosi haqida
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Barlos mahallasida To‘sinsoyga suv to‘suvchi inshoot va kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Sohibkor mahallasidagi Tusinsoy soyida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Gulobod mahallasida yangi bog‘cha qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Ishtixon markazidagi eski uylarni renovatsiya qilish va kanalizatsiya tizimi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#24_ta_masala ✅Zartepa MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Zartepa” mahallasida yirik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Beshkapa” mahallasida 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya 🤩 Ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalasi Kengash nazoratida
Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining o‘n yettinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiyalar yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashida "Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Boyovut tumani kengashining o‘n yettinchi sessiyasi" kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan doimiy komissiyalar yigʻilishi boʻlib oʻtdi

📑 Yig'ilish kun tartibidan:

1-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik ma’daniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” PQ-184-son qarori hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i (X.Jo‘rabekov)ning hisoboti to‘g‘risida;

2-masala, “O‘zbekiston-2030” strategiyasi va aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy Agentligining Boyovut tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i (I.Abduraxmonov)ning hisoboti to‘g‘risida;

3-masala, Boyovut tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari (F.Xudaynazarov)ning axboroti to‘g‘risida;

4-masala, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-yanvardagi “2025-yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli qarorini tumandagi ijrosi yuzasidan Boyovut tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘limi boshlig‘i (K.Xudoyberdiyev)ning hisoboti to‘g‘risida;

5-masala, Boyovut tumani Xalq demokratik partiya guruhi tashabbusi bilan tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasiga qarashli umumfoydalanuvidagi avtomobil yo‘llarida 2025-yil davomida bajarilgan yo‘l ta’mirlash ishlari yuzasidan Tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi direktori (R.Umarov)ning hisoboti to‘g‘risida;

6-masala, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qar orini tumandagi III-chorak ijrosi to‘g‘risida;

 Boshqa masalalar.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati.

Slide 1 of 7