Новости

Последние новости

янв.21
#Ish_reja ✨ Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining joriy hafta uchun ish rejalari belgilandi
янв.21
#Ish_reja_ijrosi 👨‍💼 Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashining 2026-yil aprel oyi ish rejasining 15 kunlik ijrosi haqida
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Barlos mahallasida To‘sinsoyga suv to‘suvchi inshoot va kanalni betonlashtirish ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Sohibkor mahallasidagi Tusinsoy soyida qirg‘oqni mustahkamlash ishlari yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Gulobod mahallasida yangi bog‘cha qurilishi yuzasidan deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda
янв.21
#deputat_sorovi 🇺🇿 Ishtixon markazidagi eski uylarni renovatsiya qilish va kanalizatsiya tizimi qurilishi yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Zartepa” mahallasida yirik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#24_ta_masala ✅Zartepa MFYda yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
#sessiya #Kengash_qarori 👍 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan “Beshkapa” mahallasida 3 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi
янв.21
#sessiya 🤩 Ichimlik suvi va elektr ta’minoti masalasi Kengash nazoratida
📌 Bugun — 17-Noyabr . Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌 Bugun — 17-Noyabr .

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1️⃣ Samarqand shahar hokimi Umarov Fazliddin Karimovichning

— “Joriy yilda shaharni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” yuzasidan hisoboti.

2️⃣ Shahar hokimining o‘rinbosari F. Nishanovning

— “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosi doirasida bajarilayotgan ishlar bo‘yicha hisoboti.

3️⃣ Shahar IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Z. Axmedovning

— 2025-yil 26-sentabrdagi VII-19-110-7-107-K/25-sonli qaror ijrosi,

— shaharda tirbandliklarni kamaytirish, xavfsizlikni ta’minlash va bir tomonlama harakat tartibini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisoboti.

4️⃣ Samarqand gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i v.b. R. Omonovning

— 2025-yil davomida bajarilgan ishlar,

— 2025–2026-yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga doir chora-tadbirlar bo‘yicha hisoboti.

5️⃣ Samarqand shahar elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i N. Safarovning

— Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar,

— kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan hisoboti.

6️⃣ Shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Z. Nuriddinovning

— Maktablar va bog‘chalarni 2025–2026-yil kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha olib borilgan ishlar yuzasidan hisoboti.

7️⃣ Shahar sog‘liqni saqlash bo‘limi bosh pediatri G. Babamuratovaning

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi PQ-186-sonli qarori ijrosi,

— “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish milliy strategiyasi” bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi hisoboti.

     Yig‘ilish yakunida hisobotlar yuzasidan savollar berildi, tavsiyalar ishlab chiqildi va mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1